Huawei 1
Buxorolik Muhammad Shexov IBF Intercontinental kamari sohibi

Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida RCC Boxing promouterlik kompaniyasining navbatdagi professional boks oqshomi o‘tkazildi.

Turnir doirasida to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. Ularning ikki nafari o‘z vaznlarida IBF Intercontinental kamari uchun jang qilishdi. Ikkinchi eng yengil vaznda IBF Intercontinental kamari uchun kechgan jangda buxorolik Muhammad Shexov (15-0-1) Osiyoning kuchli charm qo‘lqop ustalaridan Zong Liu (Xitoy, 19-2-0)ga qarshi ringga chiqdi. O‘n raund to‘liq davom etgan jangda Shexov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi va IBF Intercontinental kamarini qo‘lga kiritdi.

Afsuski, qolgan bokschilarimiz to‘liq davom etgan janglarda hakamlarning qaroriga ko‘ra mezbon bokschilarga imkoniyatni boy berishdi. Ikkinchi o‘rta vaznda IBF Intercontinental kamari uchun kechgan jangda Ulug‘bek Sobirov (14-4-0) rossiyalik Pavel Silyagin (Rossiya, 15-0-1)ga, birinchi yarim o‘rta vaznda Jahongir Rasulov (7-1-1) Ivan Kozlovskiy (10-0-0)ga, o‘rta vazndagi Bahromjon Fozilov (10-4-3) Jambulat Bijamov (Rossiya, 2-0-0)ga yutqazib qo‘ydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты