Qozog‘iston Respublikasida sportning O‘zbek jang sanati turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada buxorolik sportchi O'zbekiston uchun g‘alabani qayd etdi.
Ushbu chempionatda Buxoro shahridagi 29-IDUMning 7-sinf o'quvchisi Asadbek Olimov o‘z vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Endi Osiyo chempioniga aylangan Asadbek 2023-yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Avvalroq, Kikboksing bo'yicha Osiyo chempionatida 8 nafar sportchimiz oltin va kumush medallarga ega chiqqani, shundan keyin yana 6 nafar kikbokschimiz oltin medallarni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12306 | Инструменты