Kikboksing bo'yicha Osiyo chempionatida 8 nafar sportchimiz oltin va kumush medallarga ega chiqdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 10-dekabrida Tailandning Bangkok shahrida sportning kikboksing turi boʻyicha Osiyo chempionati start olgan. Avvalroq ushbu chempionatda 19 nafar sportchimiz final yo‘llanmasini qo'ga kiritgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 17-dekabr kuni musobaqa doirasida 8 nafar kikbokschimiz finalda qatnashib, 4 ta oltin va 6 kumush medalni qoʻlga kiritishdi.
Osiyo chempionlari va oltin medal sohiblari:
Kosolapov Sergey – 69 kg;
Tairova Dilrabo – 55 kg;
Choriyeva Malika – 65 kg;
Sodiqov Asilbek – 60 kg.
Kumush medal sohiblari:
Tairova Dilrabo – 55 kg;
Choriyeva Malika – 65 kg;
Istamov Zarifjon – 60 kg;
Nosirov Jamoliddin – 71 kg;
Xolmatov Temurbek – 81 kg;
Musoyev Sherali – 51 kg.
Ma’lumot uchun, chempionat ertaga, 18-dekabr kuni o'z yakuniga yetadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12309 | Инструменты