Huawei 1
Dayibekova Tunis Gran-prisida kuchli sakkizlikdan joy oldi

Tunisda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Gran-pri turniri oʻz nihoyasiga yetdi. Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham qatnashishdi.

Yurtdoshlarimiz orasida eng yuqori natijani Zaynab Dayibekova qayd etdi. Musobaqa davomida Olimpiya oʻyinlarining ikki karra kumush medali sohibi fransiyalik Sara Balser kabi taniqli raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan Dayibekova chorak finalda boshqa bir fransuz sportchisi Sara Nuchaga imkoniyatni boy berdi va kuchli sakkizlikdan joy oldi. 

1/32 finalda Gulistan Perdebayevadan ustun kelgan Fernanda Errera esa nimchorak finalda musobaqaning boʻlajak gʻolibi yaponiyalik Misaki Emuraga 14:15 hisobida magʻlub boʻldi. Yigitlarimizdan Islambek Abdazov ham nimchorak finalda yurishini toʻxtatdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11313 | Инструменты