Doha-2023: 48 yoshli Oksana Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi
Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Musobaqaning birinchi kunida dastlabki saralash bahslari oʻtkazilgandi.
Ahamiyatlisi, unda hamyurtimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Hamyurtimizning ikki chiqishi jami 12.899 ball bilan baholandi. Bu saralash dasturidagi toʻrtinchi natija boʻldi.
Afsuski, Dildora Aripova ikki toʻsin, Abdulaziz Mirvaliyev xalqa va erkin mashq, Ravshan Komiljonov erkin mashq, Kotbusda oʻtgan turnir gʻolibi Abdulla Azimovning ot ustidagi chiqishi medallar uchun kurashni davom ettirishga yetarli boʻlmadi. Bugun yana bir qator yoʻnalishlarda saralash bahslari davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51208 | Инструменты