Huawei 1
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz boʻldi

Indoneziyaning Jakarta shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida hamyurtlarimiz 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi.

Oltin medal:

-81 kg: Samandar Muhibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
+100 kg: Fazliddin Rafiqov
+78 kg: Umida Nigʻmatova

Shu tariqa, 8 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza medallarini jamgʻargan yoshlarimiz ham oʻsmirlarimiz singari umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91511 | Инструменты