Shuningdek, 1–4-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennis bo‘yicha boshlang‘ich mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yil 21-sentyabr kuni prezidentning “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bo'yicha 2027-yildan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi. Bunda dastur doirasida 1–4-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish bo‘yicha boshlang‘ich mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi. o‘quvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tennis rivojlantiriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tanlab olinadi.
Tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tennis bo‘yicha sport seksiyalari tashkil etiladi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, “tennis wall” moslamalari bilan O‘zbekiston tennis federatsiyasi mablag‘lari hisobidan jihozlanadi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi.
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari hamda sovrindorlari quyidagi miqdordagi pul bilan rag‘batlantiriladi:
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
Eslatib o'tamiz, prezidentning yangi qarori bilan endi shaxmatchilar ham o'zgargan miqdorda mukofot puli olishadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92314 | Инструменты