Fransiyaning Tye shahrida badiiy gimnastika bo’yicha Gran-Pri musobaqasi start oldi. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova dastlabki kunda oltin medalga sazovor bo’ldi.
Yurtdoshimiz ushbu muvaffaqiyatga ko’pkurash dasturida erishdi. Parij-2024 litsenziati barcha yo’nalishlarda jami 128.750 ball jamg’arishga muvaffaq bo’ldi. Ikromova bugun alohida dasturlarda ham medallar uchun kurash olib boradi.
Taxmina Ikromova (O’zbekiston) - 128.750
Helen Karbanov (Fransiya) - 128.700
Yekaterina Vedeneyeva (Sloveniya) - 125.900.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42405 | Инструменты