Huawei 1
Hasanboy Do‘smatov keyingi jangini chempionga qarshi o‘tkazadi

WBA tashkiloti minimum vazn toifasidagi jahon chempioni, tailandik Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq berdi.

Ahamiyatlisi, Niyatrongga bu safar hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov raqiblik qiladi. Tashkilot tomonlar kelishuvga erishishi va muzokaralar o‘tkazishi uchun 30 kun vaqt berdi.

Maʼlumot uchun, 33 yoshli Niyomtrong faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bu u uchun 12-himoya jangi bo‘ladi. Hasanboy Do‘smatov esa prof faoliyati davomida 6 ta jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan. Charm qo‘lqop ustamiz WBA reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq, WBA tashkiloti yarim yengil vazn chempionligi uchun Otabek Xolmatov hamda amerikalik Raymond Ford ishtirokidagi jangga buyruq bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты