Jahon kubogida tarixiy muvaffaqiyatga erishgan para velosportchilarimiz tantanali kutib olindi

Joriy yilning 11-21 may kunlari Italiyaning Maniago shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o'tkazilgan jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari tantanali kutib olindi.

Matonatli sportchilarimizni Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari vakillari va oila a'zolari qarshi oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22215 | Инструменты