Jalolov va Do‘smatovning harbiy unvonlari muddatidan oldin ko‘tarildi

Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni olgan bokschilar Hasanboy Do‘stmatov va Bahodir Jalolovga muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi. 

“Kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li va kapitan Do‘smatov Xasanboy Marufjon o‘g‘liga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining ruxsati bilan navbatdan tashqari podpolkovnik harbiy unvoni muddatidan oldin berildi”, deyiladi xabarda.

Ularga ushbu unvon Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tantanali ravishda topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60321 | Инструменты