O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov dunyoga mashhur kibersport jamoasi “Vitality” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “UzChess” loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Vitality” shaxmat turnirlari uchun o‘zbekistonlik grossmeysterni o‘z safiga qo‘shib olgan. Ushbu jamoada fransiyalik shaxmatchi Maksim Vashe-Lagrav ham bor.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu jamoa “Counter Strike” bo‘yicha oxirgi 5 ta turnirdan beri zafar quchib kelmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51913 | Инструменты