Huawei 1
O‘zbekistonlik 19 nafar kikboksingchi Osiyo chempionati finaliga yo‘llanma oldi

Shu kunlarda Tailandning Bankok shahrida Kikboksing sport turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Unda 18 ta davlatdan 379 nafar sportchi qatnashmoqda.

Chempionatida ishtirok etayotgan 27 nafar o‘zbekistonlik kikboksing sportchidan 19 tasi finalga yo‘lanma oldi.

Bugun, 17-dekabr kuni 8 nafar kikboksing ustasi finalda qatnashmoqda. Hozirgi vaqtda ular 3 ta oltin medal sohibi bo‘lishdi va Osiyo chempionlari unvonini qo‘lga kiritishdi:

Kosolapov Sergey - 69 kg;

Choriyeva Malika - 65 kg;

Sodikov Asilbek - 60 kg.

Eslatib o'tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Italiyaning Jesolo shahrida kikboksing bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12311 | Инструменты