Las-Vegasda kutilmagan natija: Tim Szyu bo‘ydor Fundoraga yutqazdi

Hozirgina AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi muhtasham "T-Mobile Arena"da navbatdagi professional boks turniri yakuniga yetdi.

Oqshomning markaziy jangi birinchi o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni, avstraliyalik Tim Szyu (24-1, 17 KO) hamda amerikalik daʼvogar Sebastyan Fundora (21-1-1, 13 KO) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘n ikki raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi.

Szyudan bo‘yi deyarli ikki qarich baland bo‘lgan Fundora qonli kechgan jang yakunida hakamlarning ayri qarori bilan g‘alaba qozondi. Hakamlardan biri 116-112 hisobidagi g‘alabani Szyuga taqdim etdi. Qolgan ikki hakam esa 116-112 va 115-113 hisoblarida Fundora g‘alaba qozondi deb hisoblanadi.

Sebastyan Szyuning WBO kamaridan tashqari ushbu vaznda vakant bo‘lib turgan WBC chempionlik kamariga ham ega chiqdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты