Madrimov Krouford bilan tengma-teng kechgan jangda ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi

Vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingiga kirish uchun o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 3-avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahridagi 22 ming tomoshabin sig‘imiga ega “BMO Stadium” arenasida kechaning markaziy jangida amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarildi. Kaliforniya shtatida o‘tgan boks oqshomida Madrimov afsonaviy Kroufordga mag‘lub bo‘ldi.

WBA kamari hamda birinchi o‘rta vaznda egasiz bo‘lib turgan WBO kamari o‘rtaga qo‘yilgandi va ushbu kamarlarga Krouford ega chiqdi.

Amerikalik bokschi bungacha faoliyatidagi 40 ta jangdan 31 tasida nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Madrimov Krouford bilan tengma-teng kechgan jangda ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi.

WBA, WBO, WBC va IBO superog‘ir vazn bo‘yicha chempion Aleksandr Usik Terens Krouford va Isroil Madrimov jangi oldidan fikrlarini bildirdi.

“Los-Anjelesdagi boks oqshomida davrimizning eng zo‘r jangchilaridan biri chiqish qiladi. Bu bahsda kuchlisi g‘olib bo‘ladi. Omad, yigitlar!”, deya jangdan oldin kimning imkoniyati yuqori ekanini aytishni istamadi ukrainalik bokschi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты