Huawei 1
Madrimov Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inouega qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi

Super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov ikkinchi eng yengil vaznda sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev hamda amaldagi chempion Naoya Inoue jangi haqida fikr bildirdi.

"Inoue qochyapti. U biladi, bu vaznda Murodjon eng qiyin raqib va biz ko‘rib turibmiz-ki, Murodjon Ahmadaliyev uni bemalol yuta oladi. Shu boisdan ham u boshqa raqiblarni tanlayapti. Jangdan ochiqchasiga qochyapti, desak ham bo‘ladi. Chunki kamar hozir unda. Vaziyat qanday bo‘lishini endi ko‘ramiz.

Lekin ishonamiz-ki, Murodjon Ahmadaliyev yana o‘z mavqeini tiklab, O‘zbekistonga kamarlarni olib keladi. Bu biroz keyinroq bo‘lishi mumkin. Sababi, Inoue qochyapti. Qachonki, Naoya ketmasdan, barcha kamarlarini himoya qilsa, Murodjon Ahmadaliyev undan barcha titullarini tortib olishi mumkin", dedi Isroil Madrimov.

Avvalroq, “Matchroom” promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn WBA‘ning Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev jangi uchun yana bir bor buyruq bergani haqida maʼlum qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91909 | Инструменты