Superog‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi post joyladi. 30-iyun kuni amerikalik afsona 57 yoshga to‘ldi.
"Braunsvill, men tug‘ilgan joy. Aynan shu yerda men chidamlilikni o‘rgangandim", — deya suratlar ostida izoh qoldirgan Temir Mayk.
Ma’lumot uchun, Mayk Tayson suprog‘ir vazn toifasida WBC, WBA, IBF, The Ring chempionlik kamarlarini o‘z qo‘lida birlashtira olgan. Uning prof ringdagi janglari 58 tani tashkil etadi. Hisobida roppa-rosa 50 ta g‘alaba bor. Oltita jangda mag‘lubiyatga uchragan, yana 2 ta jangi o‘tkazilmagan deb topilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50523 | Инструменты