Huawei 1
Murodjon Ahmadaliyev: Inoue, seni nokaut qilaman!

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida sobiq WBA va IBF yo‘nalishlari chempioni Murodjon Ahmadaliyev yana bir bor ehtimoliy raqibi Naoya Inouega murojaat qildi.

Charm qo‘lqop ustamiz o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yaponiyalik jahon chempionini qochib yurmaslikka chaqirdi.

"Inoue, qochib yurishni bas qil! Men o‘z chempionlik kamarlarimni sog‘indim. Ularni qaytarib olish vaqti keldi. Qachongacha mendan qo‘rqib, qochib yurasan? Menga lokatsiya tashla! AQSHmi, Yaponiyami yoki boshqa davlat, ochig‘i menga buning farqi yo‘q. Chempionlik kamari uchun istalgan joyda jang qilishga tayyorman. Men seni nokaut evaziga mag‘lub etaman", dedi Ahmadaliyev.

Maʼlumot uchun, 31 yoshli yaponiyalik Naoya Inoue ayni paytda ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA, WBC, WBO hamda IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. Murodjon Ahmadaliyev esa uning WBA kamari uchun majburiy daʼvogar bo‘lib turibdi. Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doxeni bilan jang qilib, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100120 | Инструменты