Jumladan, endi QQSning bir qismini qaytarish, soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tadbirkorning barqarorlik reytingiga bog‘liq bo‘lmaydi. Avval korxonaning reytingi o‘zgarganda, unga qo‘llaniladigan imtiyozlar ham o‘zgarishi mumkin edi
Shavkat Mirziyoyevning 27-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan mehmonxona, restoran, kafe va barlar faoliyatiga oid ayrim soliq va raqamli markirovkalash talablari soddalashtirilmoqda.
Jumladan, mehmonxonalar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalariga 0,1 koeffisiyent qo‘llash muddati 2030-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi. Amaldagi tartib bo‘yicha ushbu imtiyoz 2027-yil 1-yanvarda yakunlanishi kerak edi.
"Mol-mulk solig'i eng muhim tomoni! Masalan, avval 1 yilda 30 mlrd so'mlik aylanma bo'lsa, bunga mol-mulk solig'i stavkasi 1,5% ya'ni 450 mln so'm edi. Hozir imtiyoz bilan 45 mln tejalib, 405 mln so'mga teng bo'lmoqda",-deydi Inspira-S Hotel bosh direktori Ma'ruf Umarov.
Shuningdek, mehmonxona, restoran, kafe va barlar tomonidan xarid qilingan suv, salqin ichimliklar, pivo hamda tamaki mahsulotlarining markirovka kodlari yakuniy iste’molchiga sotilgan deb hisoblanadi.
"Qabul qilingan ushbu qaror juda katta imkoniyatlarni yaratdi. Sababi undan oldin sotib olingan gazlangan yoki gazlanmagan suvlarni biz mijozlar xonasiga, konfirensiya zallarida kompliment uchun tekinga qo'yardik. Oldingi mexanizmda har bir suvni skanerdan o'tkazib, ishchilarniyam o'zimizni ham qiynab, vaqtimizni o'tkazardik. Hozir esa bu qulay bo'ldi",-deydi Dilnoza Boltaboyeva "Courtyard by Marriot Hotel moliyaviy direktori.
Bundan tashqari, QQSning bir qismini qaytarish, soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tadbirkorning barqarorlik reytingiga bog‘liq bo‘lmaydi. Avval korxonaning reytingi o‘zgarganda, unga qo‘llaniladigan imtiyozlar ham o‘zgarishi mumkin edi. Endilikda ushbu tartib bekor qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90917 | Инструменты