Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida “Sudyalarning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida “Sudyalarning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Loyihaga ko'ra, sudyalik lavozimiga nomzodlar uchun ayrim talablarni qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. Xususan, sudyalar va xalq maslahatchilari uchun yosh senzini 35 yoshdan 30 yoshga tushirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, sudyani dastlab 5 yilga, keyin esa muddatsiz davrga tayinlash tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Sudya, sud raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga qo‘yiladigan talablar ham kuchaytiriladi.
Loyihada sudyalar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga oid normalar ham belgilanmoqda. “Iste’fodagi sudya” institutini joriy etish ham nazarda tutilgan bo‘lib, bunday sudyalarga professional mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilishi mumkin.
Majlis yakunida qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Uni ikkinchi o‘qishga tayyorlashda deputatlar bildirgan taklif va tavsiyalar inobatga olinishi ta’kidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90916 | Инструменты