Ikkinchi eng yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangi oldidan fikr bildirdi.
U 14 dekabr kuni Monte-Karloda bo‘lib o‘tadigan prof boks oqshomi doirasida meksikalik Rikardo Espinoza bilan jang qiladi.
"P4P yulduzi ko‘rinishidan katta chaqiruvlarga tayyor emasga o‘xshaydi. U qochishda davom etishi mumkin, lekin men o‘zimga tegishlisini qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da olaman. MJ yana biznesga qaytdi", deydi Ahmadaliyev.
Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA chempionlik kamariga rasmiy va majburiy daʼvogar hisoblanadi. Naoya dekabr oyining so‘nggida avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi ringga ko‘tariladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты