Serbiyaning Nish shahri mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kun bahslari oʻtkazildi. Unda ringga koʻtarilgan 5 nafar hamyurtimizdan 4 tasi gʻalaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal qildi.
-50 kg: Sabina Boboqulova – Isuara Yerlin (Kolumbiya) 5:0
-60 kg: Sitora Turdibekova – Chuk Nigo Mai (Vyetnam) 4:0
-63 kg: Odinaxon Ismoilova – Megan de Kler (IBA-Niderlandiya) 0:5
-81 kg: Sohiba Roʻzmetova – Yoana Kastilyo (Kuba) 4:3
-66 kg: Navbahor Hamidova – Meri Uolsh (Irlandiya) 4:0
Dasturga koʻra, bugun ham besh nafar yurtdoshimiz saralash bosqichida ringga koʻtarilishi belgilab qoʻyilgan.
-48 kg: Farzona Fozilova – Suyeyun Chjon (Xitoy)
-54 kg: Nigina Oʻktamova – Melani Bermudez (Kuba)
-75 kg: Aziza Zokirova – Alina Veber (Belarus)
-52 kg: Feruza Kazakova – Roxana Stela (Ruminiya)
-70 kg: Oysha Toirova – Saida Laxmidi (Marokash).
Alpha version: 0.9.1.19 build 32021 | Инструменты