Nodirbek Abdusattorov Superbet Poland 2024 turnirida $11 ming ishlab oldi

Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Superbet Poland 2024 turniri yakunlandi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 11 ming AQSH dollari ishlab oldi.

Turnirning sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil etdi. Musobaqada rapid hamda blis bahslaridan so‘ng 26 ochko to‘plagan Magnus Karlson musobaqa g‘olibi bo‘ldi hamda 40 ming dollar sohibi bo‘ldi.

Nodirbek Abdusattorov esa musobaqada 17.5 ochko bilan 6-o‘rinni egalladi. Shu tariqa unga 11 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты