O‘zbekiston 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ilk bor yutqazdi

Kecha, 24-sentyabr kuni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 8-tur bahslarida O'zbekiston milliy jamoasi Germaniyaga qarshi o'ynadi. Keskin va murosasiz o'tgan bahsda Germaniya vakillariga qarshi o‘yinda mezbonlar 1 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi (15,-2,5).

Dastlab Javohir Sindarov g‘alaba qozongandi, ammo keyin Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida yutqazishdi va Nodirbek Abdusattorovning durang natijasi ahamiyatga ega bo‘lmadi.

Bu O‘zbekistonning turnirdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Bungacha jamoa 7 turda 100 foizlik natija qayd etgan va  turnir jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib turgandi.

Shu bilan birga, ayollar terma jamoasi Niderlandiya ustidan 3:1 hisobda g‘alabaga erishdi. Shuningdek, boshqa jamoalarning ushbu turdagi natijalari quyidagicha bo'ldi:

O‘zbekiston-2 — Angliya: 2.5 – 1.5
O‘zbekiston-2 (Ayollar) — Kuba: 1 – 3
O‘zbekiston-3 — Shveytsariya: 1 – 3
O‘zbekiston-3 (Ayollar) — Yamayka: 3-1

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102807 | Инструменты