O‘zbekiston ilk marotaba Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA)ning Bosh assambleyasini qabul qiladi. Kuvaytda o‘tgan OCA 45-Bosh assambleyasida bu haqda maʼlum qilindi.
OCA bosh direktori Husayn al-Musallamning Bosh assambleyani 2026 yilda Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha taklifi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Maʼlumot uchun: Bosh assambleya — Osiyo Olimpiya Kengashining eng yuqori boshqaruv organi bo‘lib, unda qitʼamizning 45 mamlakati milliy olimpiya qo‘mitalari vakillari qatnashadi. Unda Osiyo sportiga oid muhim qarorlar, qitʼadagi sport siyosati va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilinadi.
Toshkent 2022 yilda OCAning Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishiga mezbonlik qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51318 | Инструменты