BAA poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi turnirda 2 ta medal qo‘lga kiritdi.
24-may kuni aralash jamoaviy dasturda qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilar 3-o‘rin uchun bahsda Italiyaga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, musobaqa O‘zbekiston uchun Diyora Keldiyorovaning (-52 kg) kumush va Alisher Yusupovning (+100 kg) bronza medali bilan nihoyasiga yetdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston umumjamoa hisobida musobaqani 11-o‘rinda yakunladi. 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 9 ta medal bilan Yaponiya birinchi, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan Gruziya 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni 5 ta medal bilan Janubiy Koreya vakillari band etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122301 | Инструменты