O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov UFC 311 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turnirda 32 yoshli Guskovga braziliyalik Joni Uoker raqiblik qiladi. Musobaqa kelasi yil 18 yanvar kuni AQSHning Los-Anejeles shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Guskov shu vaqtga qadar MMA'da 19 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini aprel oyida UFC on ESPN 55 turnir doirasida amerikalik Rayan Spennga qarshi o‘tkazib, raqibini texnik nokautga uchratgandi. Guskov bilan tengdosh bo‘lgan Uoker esa 20-9 rekordga ega. Oxirgi jangida Uoker shveysariyalik Volkan Ozdemirga imkoniyatni boy bergandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты