Huawei 1
O‘zbekistonlik surdo taekvondochilar jahonda ikkinchi o‘rinni egalladi

Bishkekda taekvondo bo‘yicha eshitish qobiliyati zaif sportchilar o‘rtasida jahon chempionati yakunlandi.

Ushbu musobaqada o‘zbekistonliklar 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar terma jamoasi ikki oltin, bitta kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritib, jamoaviy hisobda jahonda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida medal jamg‘arish bo‘yicha Janubiy Koreya davlati birinchi o‘rinni egalladi. Qo‘shni Qozog‘iston davlati bu borada uchinchi bo‘ldi.

Shohruz Abdurahmonov va Muhammad Usmonov o‘z vazn toifasida tengsiz bo‘lib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hojiakbar Hokimov kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Anvar Xolboyev va Hojiakbar Saidmurodov bronza medali bilan musobaqani yakunladi.

Ayollar o‘rtasida 46 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Tojiboyeva tengsizligini isbotlab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hayitboyeva Asal huddi shu vaznda bronza medali sohibasi bo‘ldi. 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Nuriddinova Shahrizoda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

— 62 kg vaznda kurash olib borgan Eshmirzayeva Go‘zalga biroz omad yetishmadi va u jahon chempionatida beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 16 sportchi bilan ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122300 | Инструменты