Huawei 1
Osiyo chempionatida o'zbekistonlik velosportchilar 5 ta medalni qo'lga kiritdi

Joriy yilning 6-12-may kunlari Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati o'tkazildi.

Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etdi. Sportchilari musobaqada jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. Turnirda vakillarimiz 1 ta oltin va 4 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.  

Musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilar:

Ayollar elita toifasida yakkalik poygasida:

1-o'rin — Olga Zabelinskaya;
2-o'rin  — Yanina Kuskova.

Elita toifasida mikst-eftafeta bahslarida:

2-o'rin — Murodjon Xolmurodov, Daniil Yevdokimov, Begzod Raximboyev, Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Margarita Misyurina).

Yoshlar o‘rtasida mikst-eftafeta bahslarida:

2-o'rin — Alimardon Jamoliddinov, Muxriddin Safarov, Begzod Baxodirov, Samira Ismoilova, Viktoriya Polzunova, Madina Davronova.

Yosh qizlar o‘rtasida yakkalik dasturida:

2-o'rin — Samira Ismoilova.

Shu tariqa yoshlar hamda kattalar terma jamoalarimiz musobaqadagi ishtirokini yuqori natijalar ila yakunladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты