Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 7-tur bahslari ertaga, 23-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi Xitoyga qarshi dona suradi.
Ayni paytda turnir jadvalida O‘zbekiston 1-o‘rinda, Xitoy esa 2-pog‘onada bormoqda.
O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi 7-turda Fransiya bilan uchrashadi. O‘zbekiston-3 esa Janubiy Afrikaga qarshi bahs olib boradi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekistonning asosiy jamoasi Sloveniyaga qarshi o‘ynaydi. O‘zbekiston-2 Tojikiston bilan, O‘zbekiston-3 esa Peru bilan kuch sinashadi.
6-turdan keyingi turnir jadvali:
Erkaklar:
Ayollar:
Alpha version: 0.9.1.19 build 92314 | Инструменты