Shuningdek, ushbu sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar 3 000 nafarga yetkaziladi. Ularga trenerlik qiluvchilar esa 200 nafargacha ko'payadi
Joriy yil 21-sentyabr kuni prezidentning “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2030-yilgacha tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida ushbu sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar 3 000 nafarga yetkaziladi. Ularga trenerlik qiluvchilar esa 200 nafargacha ko'payadi.
Bular natijasida tennisni rivojlantirib, Osiyoda top-5 talikka kirish va bu sportni istiqbolli sport turlari qatoriga kiritish choralarini ko‘rish belgilandi.
Shu yil 1-oktyabrdan an’anaviy tarzda tennis bo‘yicha O‘zbekistonda professional tennischilar assotsiatsiyasi va Ayollar tennisi assotsiatsiyasi hamda Xalqaro tennis federatsiyasi shafeligi ostida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tennis musobaqalarni doimiy o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi.
Jumladan, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi, yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Respublika chempionati, kattalar o‘rtasida “Uzbekistan open” xalqaro turniri, erkaklar o‘rtasida “ATP Challenger” xalqaro musobaqalari doimiy o'tkazib boriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92314 | Инструменты