Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilgan para dzyudo bo‘yicha xalqaro Gran-Pri turnirining so‘nggi kunida polvonlarimiz 2 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Aniqrog‘i para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar aʼzosi J2 klassida vazni 90 kilogrammgacha bo‘lgan Dovurxon Karomatov barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, +90 kg vazn toifasida Aloviddin Ko‘raqulov bronza medali bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, Gran-prining dastlabki kunida Sherzod Namozov va Uchqun Quronboyev o‘z vazn toifalarida 2 ta oltin medalga ega chiqqan edi. Mazkur musobaqada vakillarimiz jami 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101003 | Инструменты