Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida kurash boʻyicha Oʻzbekiston Prezidenti sovrini uchun World Series Pro musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Har bir vazn toifasida barcha qitʼalarning eng kuchli sportchilarini jamlagan mazkur turnir qiziqarli bellashuvlarga boy boʻldi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Xalqaro kurash assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Sport vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mamlakat kurash federatsiyasi raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev, shuningdek, mintaqalardagi kurash konfederatsiyalaridan tashrif buyurgan rasmiylar ishtirok etishdi.
Sovrin jamgʻarmasi 170 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu turnirda 17 davlatdan 80 nafar kurashchi qatnashdi. Yakunda Oʻzbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121820 | Инструменты