Parijdagi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan qaysi sport turlarida atletlar eng ko‘p energiya va kaloriya sarflashadi? Bu borada AQSh va Xitoy olimlari birgalikda o‘tkazgan tadqiqot haqida Journal of Sport and Health Science nashri xabar berdi.
Mutaxassislar odatda tana vaznining 1 kilogramiga 1 soatda sarflangan energiya yoki quvvat sarfini kaloriya o‘lchovi sifatida qo‘llashadi (kkal/kg/soat). Misol uchun, mashg‘ulotga 2 kkal/kg/soat sarflansa, o‘rtacha statistikaga ega sportchiga 60 daqiqali mashg‘ulot uchun 168 kaloriya kerak bo‘ladi.
Demak, hisob-kitoblarga ko‘ra, amaldagi Olimpiadada tana vaznining har kilogrami uchun eng ko‘p kaloriyani yuguruvchilar yo‘qotishadi.
Aniqlik kiritilishicha, tezlik olish uchun bir xil tezlikda yugurishga qaraganda ancha ko‘p kuch kerak bo‘ladi. Shuning uchun sportchilardan soniyasiga 0 dan 5 metrgacha tezlik olish talab qilinadigan 100 metrlik sprint kabi yo‘nalishlarda qisqa vaqt oralig‘ida katta miqdorda kaloriya sarflanadi.
Misol: Dunyoning eng tez yuguruvchisi Useyn Bolt 100 metrni bosib o‘tishga 91,2 kkal/kg/soat sarflagan.
Ekspertlar solishtirishlaricha, marafoncha yuguruvchi bir sur’atda yugurganida bundan qariyb besh baravar kam (21 kkal/kg/soat) energiya sarflaydi, biroq uzoq vaqt va masofa (42,1 km)ni bosib o‘tgani bois yakunda uning sarfi taxminan 2340 kilokaloriyani tashkil qiladi.
Ekspertlar boshqa sport turlarini ham hisoblab chiqishdi:
Sportning suzish yo‘nalishlarida qancha kaloriya «yoqilishi» esa suzish usuli, sportchining mahorati, musobaqalarning basseynda yoki ochiq suv havzalarida o‘tishi kabi ko‘plab omillarga bog‘liq, deyiladi tadqiqotda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты