Huawei 1
Ramazon Temirov UFC’dagi debyut jangidan qancha bonus olgani ma’lum bo‘ldi

Las-Vegasda UFC Vegas 98 turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning prelim kardida o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov oktagonga ko‘tarildi va debyut jangida amerikalik Si Jey Vergarani nokaut evaziga mag‘lub etdi.

Ramazon ushbu g‘alabasidan so‘ng gonoraridan tashqari 50 ming dollar bonusga ega bo‘ldi. Uning jangi kechaning yorqin jangi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning asosiy jangi Brendon Royval hamda Tatsuro Taira o‘rtasida kechdi va unda Royval hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты