Boks bo‘yicha ikkinchi o‘ta yengil vazn toifasida mutlaq Jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ringga ko‘tarilishi kerak bo‘lgan Sem Gudman jarohat sabab jang qila olmaydi. Bu haqda promouter Xideyuki Oxashi Yokogamada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Oxashning so‘zlariga ko‘ra, 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Inoue - Gudman jangi avstraliyalikning jarohati sabab bekor bo‘ldi va endilikda yaponiyalik bokschiga qarshi WBO reytingida 11-o‘rinni egallab turgan Yeo Jun Kim ringga ko‘tariladi. Koreyalik bokschi so‘nggi 8 ta jangda g‘alaba qozongan.
“Biz zaxiradagi jangchini ko‘p ham izlamadik. 30-40 daqiqa ichida koreyalik bokschi jangga rozi bo‘ldi. Yeo Jun pozitsiyalarini o‘zgartira oladigan tajovuzkor bokschi ekanligini bildik. O‘ylaymizki, Kim Inouega qarshi mukammal qarshilik ko‘rsata oladi va to‘qnashuv mutlaq jahon chempionligi uchun kechadi” deydi Inouening promouteri.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11201 | Инструменты