Huawei 1
Safiya Burxanova delegatsiyamiz hisobiga oltinchi kumush medalni keltirdi

Hozirgina para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda qatnashgan hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.12 metr natija ko‘rsatib, delegatsiyamiz hisobiga oltinchi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Safiya Burxanova bundan avval Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida kumush va Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91612 | Инструменты