Huawei 1
Saidjamshid Jafarov rossiyalik bokschini mag‘lub etdi, bu uning prof boksdagi ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida boks bo‘yicha nvbatdagi IBA Champions‘ Night turniri bo‘lib o‘tdi.

“Lujniki” majmuasi mezbonlik qilgan ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov ham o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. U rossiyalik Dmitriy Zaxarovga qarshi ringga ko‘tarildi. 

71 kg vazn toifasida tashkil etilgan 6 raundlik jang to‘liq davom etdi va unda Jafarov ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Maʼlumot uchun, bu Saidjamshidning professional boksdagi ikkinchi jangi bo‘ldi. Bundan avvalgi jangini o‘tgan yilning 30 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi turnirida rossiyalik Gor Oganesyanga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21702 | Инструменты