Huawei 1
Sambochilarimiz "Qirg‘iziston gavhari" sport o‘yinlarida 9 ta medalga sazovor bo‘ldi

Qirg‘izistonda o‘tgan IX xalqaro "Qirg‘iziston gavhari" sport o‘yinlarida bokschilarimizning 7 ta oltin medalga sazovor bo‘lishi ortidan yurtimiz sambochilari ham muvaffaqiyatga erishdi.

Yoshlar va o‘smirlar terma jamoasidan tashkil topgan sambochilarimiz umumiy hisobda 2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqdi. Shundan  yoshlarimiz 1 ta oltin va 1 ta kumush medal, o‘smirlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Nufuzli musobaqada Shohrux Nasibullayev, Islom Abduzokirov, Vladislav Orlov, Abdumalik Abduqodirov, Rustam Gaziyev, Ruslan Shokirov, Asilbek O‘rinov, Fazliddin Azizjonov va Ibrohimjon Xayrullayev O‘zbekiston sport sharafini ulug‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82410 | Инструменты