O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov va litvalik Eymantas Stanionis o‘rtasidagi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jangning promouterlik savdosi 19 noyabr sanasiga ko‘chirildi. Bu haqda WBA rasmiy sayti xabar berdi.
Dastavval yarimo‘rta vazn toifasida WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda majburiy da’vogar Shahram G‘iyosov jangiga buyruq berilgan edi va tomonlar 1 oy ichida jang sanasi va manzili bo‘yicha kelishib olishi kerakligi belgilandi.
Bir oy muddat ichida bokschilar jamoasi kelishuvga erisha olmaganidan keyin bugun, 8 noyabr kuni promouterlar o‘rtasida kimoshdi savdosi o‘tkazilishi kerak edi, biroq jamoalar taklifiga ko‘ra, auksion 19 noyabr sanasida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110817 | Инструменты