Huawei 1
Shaxmat: Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov Rustam Qosimjonov kubogi—2024 turnirida peshqadamlik qilmoqda

Toshkent shahrida mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi Rustam Qosimjonov kubogi—2024 turniri start oldi. 

Shaxmatning rapid yo‘nalishida tashkil etilgan turnir 8—9-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Unda O‘zbekistonning eng yaxshi shaxmatchilaridan tashqari Parham Maghsoodloo, Shahriyar Mamedyarov, Aleksandr Grischuk, Richard Rapport kabi tajribali shaxmatchilar ham qatnashmoqda. 

8-iyul kuni musobaqaning 5 turi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning birinchi turida Nodirbek Abdusattorov Jahongir Vohidovni mag‘lubiyatga uchratdi. Shamsiddin Vohidov esa Rustam Qosimjonov bilan durang o‘ynadi. Javohir Sindorov Shahriyar Mamedyarovdan ustun keldi. Nodirbek Yakubboyev Grischuk Aleksandr bilan murosa yo‘lini tanladi.

5 turdan so‘ng Javohir Sindorov mag‘lubiyatsiz yurishda davom etmoqda. U 5 ta o‘yinning 3 tasini g‘alaba bilan yakunladi, ikki o‘yinda esa raqiblar bilan durangga imzo chekdi. Uning hisobida 4 ochko bor.

Nodirbek Abdusattorov 4-turda Parham Maghsoodlooga mag‘lubiyatga uchradi. Qolgan 4 uchrashuvda 3,5 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Uchinchi o‘rinda borayotgan Rustam Qosimjonov hisobida ham 3,5 ochko mavjud. U 5 ta uchrashuvning 2 tasida g‘alaba qozondi va 3 uchrashuvni durang bilan yakunladi. 

Musobaqaning qolgan 4 turi 9-iyul kuni o‘tkaziladi. Shu kunda musobaqaning g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122300 | Инструменты