Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
15-sentyabr kuni 5-tur doirasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Moldova, qizlar esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Amaldagi chempionlar 3,5 : 0,5 hisobida g‘alaba qozondi. Qizlar jamoasi esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruziyaga 1,5 : 2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Erkaklar:
O‘zbekiston — Moldova 3,5 : 0,5
Nodirbek Abdusattorov — Ivan Schiko 1:0;
Nodirbek Yakubboyev — Jegor Lashkin 0,5 : 0,5;
Javohir Sindorov —Viktor Bologan 1:0;
Shamsiddin Vohidov — Viorel Iordachesku 1:0.
Ayollar:
O‘zbekiston — Gruziya 1,5 : 2,5
Afruza Hamdamova — Nana Zagnidze 0,5 : 0,5;
Nilufar Yakubboyeva — Lela Javakshvili 0,5 : 0,5;
Umida Omonova — Nino Basiashvili 0,5 : 0,5;
Marjona Malikova — Bella Xotenashvili 0:1.
O‘zbekiston erkaklar jamoasi dastlabki uch turda g‘alaba qozonib, 4-turda Vyetnam jamoasga mag‘lub bo‘lgan edi. Qizlar jamoasi esa 5-turgacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. Bu turda ular dastlabki mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Olimpiadaning 6-turida bugun, 16-sentyabr kuni erkaklar jamoasi Isroil bilan, qizlar esa Niderlandiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
5 ta turdan keyin amaldagi chempionlar 7-o‘rinda, O‘zbekiston qizlar jamoasi esa 15-o‘rinda borishmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты