Huawei 1
Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston jamoalari qatorasiga 3 turda g‘alaba qozondi

13-sentyabr kuni musobaqaning 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar terma jamoasi Xorvatiya bilan, qizlar jamoasi esa Vengriya termasiga qarshi bahs olib bordi. Quvonarlisi, 3-turda ham har ikki jamoa g‘alaba qozondi. Amaldagi chempionlar Xorvatiyani 3,5 : 0,5 hisobida, qizlar jamoasi mezbon Vengriyani 2,5 : 1,5 hisoblarida mag‘lub etdi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng ikki jamoaning ochkolar sonini 6 taga yetkazib oldi. Ma’lumot uchun avvalgi 2 turda ham O‘zbekiston jamoalari raqiblar ustidan g‘alaba qozongan edi.

Erkaklar:

  • O‘zbekiston — Xorvatiya 3,5 : 0,5 
  • Nodirbek Abdusattorov - Ante Brkich 1:0;
  • Nodirbek Yakubboyev - Sasha Martinovich 0,5 : 0,5;
  • Javohir Sindorov - Leon Livaich 1:0;
  • Shamsiddin Vohidov -  Jdenko Kozul 1:0

Ayollar:

O‘zbekiston — Vengriya 2,5 : 1,5

  • Afruza Hamdamova - Zsoka Gaal 1:0;
  • Nilufar Yakubboyeva - Tanx Xoang 0:1;
  • Umida Omonova - Julianna Terbe 1:0; 
  • Marjona Malikova - Petra Papp 0,5 : 0,5.

14-sentyabr kuni 4-tur bahslari o‘tkaziladi. Tur doirasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Vetnamga qarshi bahs olib boradi. Qizlar jamoasi esa Bolgariya bilan bellashadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты