Huawei 2
Tailandda o‘tadigan Osiyo o‘yinlari ikkinchi bor qoldirildi

2021-yil Tailandning Bangkok va Chonburi shaharlari mezbonlik qilishi kerak bo‘lgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari koronavirus pandemiyasi va uning yangi to‘lqinlari sabab 2024 yilning fevral—mart oylariga ko‘chirilgan edi.

Biroq ayni paytda deyarli barcha davlatlar bor e’tiborini Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qaratayotgani bois Tailandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa keyinroqqa qoldirildi.

Osiyo Olimpiya kengashining ma’lum qilishicha, bu galgi Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari Parij—2024 Olimpiadasidan so‘ng o‘tkaziladi. Aniq sanalar esa keyinroq rasman ma’lum qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga