Huawei 1
Tarixda ilk bor kamondan otish bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Olimpiada litsenziyasini qo’lga kiritdi

Bangkokdan xushxabar. Kamondan otish bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Tailandda o’tayotgan Parij-2024 litsenzion turnirida Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Ayollar o’rtasida yakkalik dasturida bahs olib borgan Ziyodaxon Abdusattorova finalgacha yetib borib, Olimpiada ishtirokchisiga aylandi. Reglamentga ko’ra, yakkalik yo’nalishida o’tayotgan ushbu turnirda finalchilar Parij-2024 yo’llanmasiga ega bo’lishadi.

Shu tariqa, kamondan otish bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi o’z tarixida ilk bor Olimpiada yo’llanmasiga sazovor bo’lmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты