Huawei 1
Temur Giyazov – Paralimpiya o‘yinlarining bronza medal sohibi!

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida T44 klassida balandlikka sakrash dasturida final bahsi yakunlandi. 

Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq, para yengil atletikachi Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ygani haqida xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты