Huawei 1
Tokio-2020: paralimpiya o‘yinlarida ham bayroqdorimiz o‘zgardi

O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi shu yil 21-avgust kuni Yaponiyaga yetib borgandi. Narita aeroportida olingan test natijalariga ko‘ra, dzyudo bo‘yicha bir nafardan sportchi va murabbiyimizda koronavirus infeksiyasi aniqlandi va ular Tokio shahrida karantinga olindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda. 

Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi va bayroqdori Nurxon Qurbonova samolyotda ularga yaqin masofada bo‘lganligi bois bu sportchiga ham Xalqaro paralimpiya tashkiliy qo‘mitasi hamda Yaponiya hukumati talablariga muvofiq karantin ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Shu sababli N.Qurbonova bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadigan ochilish marosimida bayroqdor sifatida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilamiz.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan parakanoe bo‘yicha Jahon chempioni Shahnoza Mirzaeva Muxammad Rixsimov bilan birgalikda bayroqdor sifatida ishtirok etishi taklifi ma'qullangani ma'lum qilingan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110500 | Инструменты