Huawei 1
Toshkent-2025 Osiyo o‘yinlarining ehtimoliy timsoli aniq bo‘ldi

“Beka” laqabli yo‘lbars 2025 yil Toshkentda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining timsoli bo‘lishi mumkin.

Hozirda aynan “Beka” nomli turon yo‘lbarsi Toshkentda o‘tkaziladigan o‘yinlarning timsoli bo‘lish uchun eng ko‘p muhokama qilinmoqda, ammo “Beka” hali musobaqalarning rasmiy timsoli sifatida tasdiqlanmagan. 

Toshkent-2025 Osiyo o‘yinlarining timsoli bo‘lish uchun boshqa bir qator nomzodlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda bahslar bo‘lib o‘tadigan Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasining katta qismi qurib bitkazilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100410 | Инструменты