Toshkent viloyatining Qibray tumanida erta tongdan 18 yoshdan yuqori xotin-qizlar, ya’ni uy bekalarini ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan holda, "Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida velosport musobaqalarini tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Aholining jismoniy madaniyatini oshirish, ayniqsa, musobaqaga xotin-qizlarni keng qamrab olish orqali sogʻlom turmush tarzini kundalik hayot tarziga aylantirishga qaratilgan bellashuvlarda 100 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.Ma'lumot uchun, hozirgi kunda jamiyatda xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb etish, ularning oliy ta’lim olishiga boʻlgan qiziqishlarini va huquqiy savodxonligini yanada oshirish, ular oʻrtasida sport musobqalari oʻtkazish orqali, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, kiyinish madaniyati, milliy liboslarga zamonaviylikni uygʻunlashtirish “Ayollar daftari” ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning xabar olish, begʻaraz yordam berish kabi bir qator tadbirlari tashkil etilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122610 | Инструменты