Huawei 1
25-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalari o‘chirilayotgani yuzasidan davlat organlariga deputat so‘rovi yuborildi

O‘zLiDeP deputati Nuriddin Sultonov elektromobillarni quvvatlash stansiyalari o‘chirilayotgani yuzasidan Energetika vazirligi va Kadastr agentligiga deputat so‘rovini yubordi.

Surxondaryoda 750 ming quti kontrabanda sigaret yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Termiz tumanidagi korxonalardan birida salkam 750 ming quti sigaretlar maxsus uskunalarda maydalab, parchalash yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari soni 587 mingdan oshdi

2024-yil 1-dekabr holatiga soliq organlarida 587 340 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

1-yanvardan bolalar bog‘chasi uchun ota-onalar to‘lovi oshiriladi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari tasdiqlandi.

2025-yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi

2025-yil uchun birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda samolyot halokatga uchragani munosabati bilan Ilhom Aliyev va Vladimir Putinga hamdardlik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Aqtou shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilib turibdi

Qayd etilishicha, mazkur aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jahon banki Xorazmda qurilayotgan quyosh elektr stansiyasi uchun 3,5 million dollar ajratmoqda

Mazkur kafolat "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning quyosh fotoelektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.

Xitoy kompaniyasi “Askiya” bozori majmuasi uchun kimoshdi savdosida g‘olib chiqdi

Xitoyning Sheng Ke-International kompaniyasi Toshkent shahridagi 1,83 gektar maydondagi mulk va “Askiya” bozori hududi bo‘yicha savdolar g‘olibi bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

Uchrashuvda 2024-yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va ko‘p tomonlama hamkorlikning kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi.

Oʻzbekistondan yuborilgan insonparvarlik yuki Afgʻoniston xalqiga yetkazildi

Jami 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami joriy yil 25-30-dekabr kunlari Afgʻonistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlarimiz tomonidan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Yangi yil bayrami arafasida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha 16 mingdan ziyod kuch-vosita safarbar etilgan

Xodimlarga 7 078 ta aloqa, 1 482 ta avtotransport, 2 251 ta metallodetektor, 677 ta metallorama hamda 285 bosh xizmat iti ajratilgan.

“My Freighter” Vengriya va Saudiya Arabistoni bozorlariga kirishni rejalashtirmoqda

“My Freighter” xususiy aviakompaniyasi Vengriya va Saudiya Arabistonida aviatashuvchi sertifikatlarini olishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston armiyasi uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish va ularga qarshi kurashishni mashq qilmoqda

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari 2024 yilda o‘tgan yilga nisbatan jangovar shaylik tadbirlarini 1,5 barobarga ko‘paytirgan.

Diyora Keldiyorova ayollar o‘rtasida yil dzyudochisi nomiga daʼvogarlik qilmoqda

Xalqaro dzyudo federatsiyasi 2024-yil yakunlari bo‘yicha dzyudo vakillari orasida taqdirlash marosimi o‘tkazilishini eʼlon qildi. Nominatsiyalarda g‘oliblikka daʼvogarlik qilayotganlar orasida o‘zbekistonlik vakillar ham bor.

2024-yilda bojxonachilar to‘xtatib qolgan giyohvand moddalar 1 tonnadan oshdi

Joriy yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta o‘q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ayrim maktab xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar to'lash takomillashtiriladi

Shuningdek, sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi takomillashtiriladi.

O‘zbekiston nomidan va kafolati asosida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmi oshirilmoqda

Davlat budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamg‘armalarning daromadlari hamda xarajatlari o‘zgartirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122605 | Инструменты